Tosh darvoza

Shahar devorining olamning to‘rt tomoniga qarata qurilgan to‘rtta darvozasi bor.   
 Bu darvozalar bir-biridan ajratilishi uchun o‘rnashgan joyiga qarab yoki biron xos belgisiga qarab nomlangan.  XVIII asr oxirida qurilgan ushbu Tosh darvozaning avvalgi nomi undan Angarik qishlog‘iga chiqilishi sababli Angarik darvoza edi.  
Olloqulixon tomonidan 1842 yilda Deshon qal’a devorining qurilishi va bir-biriga yaqin bo‘lgan ikkita darvozaning paydo bo‘lishi   Angarik darvoza va Tosh darvoza nomlarini paydo qildi. Eski qal’aning janubiy Angarik   darvozasi endilikda ichkarida qolib, yangi nom – Tosh    darvoza   nomini  olgan. XX asr boshida bu darvoza oldida bozor bo‘lgani sabab, bu maydon va Tosh darvoza ham Ko‘hna bozor nomini olgan edi.  
Darvoza ichki tuzilishi shimoldan janubga cho‘zilgan   ko‘p xonali imorat bo‘lib, shahar himoyasi vazifasini bajargan  va u kechalari berkitib qo‘yilgan. Darvozani qadimda o‘nga yaqin mirshablar qo‘riqlashgan va ularning maoshi to‘rt tilladan o‘n tillagacha bo‘lgan.
Tosh darvozaning ichki qismi ikkita katta gumbaz va o‘rta yo‘lak chekkalaridagi to‘rtta xonasi kichik gumbazlar bilan bostirilgan. Bu xonalar qadimda bojxona, qorovulxona vazifalarini bajargan.