Arab Muhammadxon madrasasi

Arab Muhammadxon madrasasi Muhammad Rahimxon ikkinchi – Feruz madrasasining  orqasida joylashgan bo‘lib, Xiva shahri xonlik poytaxtiga aylantirilgandan keyin qurilgan birinchi madrasadir. 1616 yilda  bitkazilgan bu madrasa      cho‘bin madrasa deb ham atalgan. Ya’ni devori   yog‘ochdan qilinib, ichiga   xom g‘ishtlar terilib, somon suvoq  qilingan. Xivaliklar tilida bu usulda uy-joy qurishni “Nigirik” (karkas) uy deb ataladi. Madrasa XIX asr Olloqulixon davriga   kelganda   eskirib, ta’mirtalab bo‘lgach, Olloqulixon ularni   qaytadan pishgan g‘ishtdan ikki qavatli qilib qurdirgan. Arab Muhammadxon 1602-1621 yillardagi Xiva xoni.  
Madrasada Xiva “Ichon-Qal’a” Davlat muzey-qo‘riqxonasining Fondi, ya’ni Zahira xonasi joylashgan.