Do‘st a’lam madrasasi

Do‘st a’lam madrasasi shahar o‘rtasidagi Arab Muhammadxon madrasasi yonida bo‘lib, XX asr oxirlarida qurilgan. Bosh peshtog‘i g‘arbga qaratilgan bu madrasa burchaklarida minoralari bo‘lgan to‘rtburchak shaklda bitkazilgan. An’anaviy madrasalardan farqli o‘laroq, bu madrasada bitta o‘quv xonasining o‘zi qishgi masjid vazifasini ham bajargan. Yozgi masjid an’anaviy usulda hovlining janubiy tomonida joylashgan. Bir xonali hujralari balxi usulida bostirilgan.
Madrasa koshin bezaklar bilan bezatilmagan. Bugungi kunda unda yog‘och o‘ymakorligi maktab – ustaxonasi joylashgan.