Gurvak - Xorazm qovunlari ramzi

2015 yil 8 avgust kuni Xiva shahar "Ichan-Qal’a" davlat muzey qo‘riqxonasida an’anaviy "Gurvak - Xorazm qovunlari ramzi" mavzusida qovunlar festivali o‘tkaziladi. Festivalda Xorazm vohasining barcha hududlaridan fermer va dehqon xo‘jaliklari o‘zlari etishtirgan poliz ekinlarining hamma turlaridan namunalar bilan ishtirok etishadi. Bundan tashqari Xiva qo‘g‘irchoq teatri jamoasi va mashhur xonandalar o‘zlarining festivalga bag‘ishlangan maxsus dasturi bilan qatnashishadi. Ushbu bayramga shahrimiz aholisi, viloyatlardan va chet ellardan kelgan barcha mehmonlarni taklif qilib qolamiz