Ichan–Qal’a hududida olib borilgan arxeologik qazishma ob’ektlari

  Assalomu alaykum! 
Siz Xiva shahrining yoshini aniqlash maqsadida olib borilgan  arxeologik qazishmalar o‘tkazilgan    ma’lum hududlardan    birinchisining   oldida turibsiz.   Bu arxeologik qazishma ishlari     1984 - 1995  yillar davomida olib borilgan.      Maqsad – shaharning qurilish jihatlari, mudofaa tuzilmalari va birinchi bor aholi yashay boshlagan davr kabi bir qancha muammolarni o‘rganish edi.
Ilk bora Qazishma ishlari Ko‘hna Ark ( bu joyda 10-ta qurilish davri aniqlandi)  xonlar qarorgohi Ko‘hna Arkning shimoli – g‘arbiy   burchagida joylashgan Oq shayx bobo ko‘shki etagida    olib borildi.  
 Bu erdan eramizdan avvalgi I ming yillik o‘rtalariga oid   shaharning ilk ko‘rinishini ko‘rsatuvchi devor qoldiqlari, hunarmandchilik buyumlari va xar xil davrlarga oid g‘ishtlar, qurol – yorog‘  bo‘laklari topilgan. 
1984-1985 yillarda o‘tkazilgan   qazishmalar natijasida miloddan oldingi VI-V asrlardan boshlab, XIV asrning oxirigacha shaharda etti marta hayot gullagani va tushkunlikka tushgani  isbotlandi.    
Arxeolog olimlar topilgan ashyoviy buyumlarga, saqlanib turgan qal’a devorining qurilish davriga asoslanib, Xiva shahrining eski nomi Xeykonik bo‘lgan Polvonyop kanali bo‘yida, eramizdan avvalgi VI-V asrlarda bunyod qilinganini isbotlashdi.
Devorning balandligi 7–8 metr, qalinligi pastida 8–10, tepada 2-3 metrni tashkil qiladi. Dushmandan himoyalanish chog‘ida qal’a devori ustida aravada yurish imkoni bo‘lgan.  

Ikkinchi Qazishma ishlari   Ichan qal’a devorining shimoli – g‘arbiy   burchagida 10-14 kv. metr maydonda olib borildi.  Bu joyda  beshta kurilish davri aniqlangan.  Aynan qal’a devorining poydevorida 8 x 2 metrlik zovurda ham qazish ishlari bajarildi. Ish davomida to‘rtta madaniy qatlamdagi mudofaa devorlari qoldig‘i topildi, uzunligi 20 metr, balandligi 0,35-1,37 m bo‘lgan ikkita paxsa devor, jumladan qum ustiga xom g‘ishtlardan (o‘lchamlari 49-42 sm, 41x 43 sm, 9 x 13 sm) qurilgan devor qoldig‘i o‘rganildi.
  Arxeolog olimlar topilgan ashyoviy buyumlarga, saqlanib turgan qal’a devorining qurilish davriga asoslanib, Xiva shahrining eski nomi Xeykonik bo‘lgan Polvonyop kanali bo‘yida, eramizdan avvalgi VI-V asrlarda bunyod qilinganini isbotlashdi.
Devorning balandligi 7–8 metr, qalinligi pastida 8–10, tepada 2-3 metrni tashkil qiladi. Dushmandan himoyalanish chog‘ida qal’a devori ustida aravada yurish imkoni bo‘lgan.  

Uchinchi Qazishma ishlari davomida Ichan qal’ning janubi – sharqiy  burchagida 5-37 kv. metr maydon o‘rganildi. Bu joyda 9  ta qurilish davri aniqlandi. Oldingi qazishmalar singari bu erda ham antik davr devori va minorasining bir qismi aniqlandi. Minora to‘g‘rito‘rtburchakli. Uning qum ustida  paxsadan tiklangan 1,1-1,2 metr balandlikdagi devori topildi. Bu devorning ustiga xom g‘isht terilgan. Minora ichidagi xona (3-2,5m) pastgi qismi sathigacha xom g‘isht bilan o‘ralgan va qum bilan to‘ldirilgan. Bu erda miloddan avvalgi 1 ming yillik o‘rtalaridan qolgan xumcha bo‘laklari topildi. 
Ikkinchi davr quyi katlamdan topilgan buyumlar chamasi, shu davrga kelib, Ichan qalьaning butun mudofaa tizimi yangi shaharsozlik yutuqlari asosida tubdan taьmirlanganini isbotlaydi.
Shunday qilib, arxeolog olimlar topilgan ashyoviy buyumlarga, saqlanib turgan qal’a devorining qurilish davriga asoslanib, Xiva shahrining Polvon yop kanali (eski nomi Xeykonik) bo‘yida er. av. VI–V asrlarda bunyod qilinganligini isbotlashdi.  
Devorning balandligi 7–8 metr, qalinligi pastida 8–10, tepada 2-3 metrni tashkil qiladi. Dushmandan himoyalanish chog‘ida qal’a devori ustida aravada yurish imkoni bo‘lgan.  
 4. Qazishma ishlari:- Ichan – qal’ning  shimoli – sharqiy  burchagida 136 kv. metr maydonda olib borildi. Bu joyda 9 ta qurilish davri aniqlandi.
Qalьa devorlari va minora birinchi davrga mansubdir. Devorlar to‘rtburchak xom g‘ishtdan tiklangan. Uning ost qismiga 1.36 metr balandlikda paxsa urilgan. Shu erda uzunligi 7 metr, qalinligi 2 metr, saqlanib qolgan balandligi 2.5 metr keladigan tashqi qalьa devori ochib qo‘yildi. Minora devorining qalinligi 2.75 metr, minora ichki xonasi yo‘lagining kengligi 0.8 metr. Minora ichki xonasining tubiga yirik kul rang qum solingan, uning ustiga bir qator belgili xom g‘isht terilgan. Xonada palaxmondan otiladigan sopol soqqa (o‘q) va sher kallasi ko‘rinishidagi ko‘za dastagi topilgan.  
  Yangi mudofaa devori qurilganligi, uning doirasimon yoki cho‘ziq minoralari qal’a devoridan 6-7 metr baland bo‘lgani,  qurilishda 23 – 29 sm hajmli pishiq g‘ishtlar ishlatilganligi aniqlandi.  
1985-1995 yillar davomida Xivaning eng qadimgi qismi Ichan qal’aning olti joyida, umumiy hajmi 1200 kv. metr, qal’a devorining 7 joyida qazish va o‘rganish ishlari olib borildi. Eng qadimgi madaniy qatlam 7 metr chuqurlikda yotgani aniqlandi.