Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz

Ma’lumki 2017 yil 27 iyunь "O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori chikkan edi. Karorda jumladan “Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz” degan tamoyilga muvofiq aholining madaniy saviyasini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik, jumladan, elektron kitobxonlikni rivojlantirish, ijodkor ziyolilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish va ularning yutuqlarini targ‘ib etish borasidagi ishlarni keng aks ettirish;

qo‘lga kiritgan barcha yutuqlarimizning asosiy omili va mezoni sifatida birinchi navbatda xalqimizning fidokorona mehnati, odamlarimiz, avvalambor, yoshlarimizning dunyoqarashi, siyosiy ongi va tafakkuri o‘zgarib, fuqarolik faolligi tobora kuchayib borayotganini hayotiy dalil va misollar orqali talqin etish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish orqali davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, qo‘shnilarimiz bilan raqobat qilish emas, balki hamkorlik qilish, mintaqamizdagi muammolarni birgalikda hal etish tamoyiliga asosan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mazmun-mohiyatini ochib berish;

mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, chegaralarimiz daxlsizligini asrash, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyatini kuchaytirish, jahon miqyosida raqobat, qarama-qarshilik tobora beshafqat tus olayotgan, radikalizm, terrorizm, ekstremizm, “ommaviy madaniyat” kabi tahdidlar kuchayib borayotgan tahlikali zamonda doimo ogoh va hushyor bo‘lib yashash, safarbarligimizni yanada oshirish – bugun hayotning o‘zi talab qilayotgan eng muhim va dolzarb vazifamiz ekanini keng jamoatchilikka etkazish kabiy dolzarb vazifalar belgilab olib uni ijrosi amalga oshirilishi tayinlangan edi.

Shu munosabat bilan Xorazm viloyati Urgench shaxrida 5 mart 2018 yilda “Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz” mavzusida Respublika miqyosida seminar bulib o‘tdi. Seminarda Prezidentimiz tamonidan belgilangan vazifalarni bajarilishi borasida bajarilgan amaliy ishlar va uslubiyatlar xakida maruzalar qilindi. Seminar katnashchilari Xiva shaxrida xam bulib – Ichan-Kal’a tarixiy yodgorliklari bilan tanishdila