Ochiq eshiklar xaftaligi
Mustaqilligimizni 24 yilligi munosabati bilan Xiva “Ichan-Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida 2015 yil 2-8 sentyabr kunlari “Muzeylar xaftaligi” tadbiri tashkil etilib, davlat muzeylarining barcha xoxlovchilar uchun ochiqligi ta’minlanadi.
            Shuningdek Xiva “Ichan-Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi “Muzeylar xaftaligi” tadbiri doirasida:
• madaniyat va san’at namoyandalari, shoir va olimlar bilan uchrashuvlar
• Xiva “Ichan-Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari tamonidan mustaqilligimizga bag‘ishlangan mavzuiy ekskursiyalar va ochiq darslar o‘tqazadilar.
Davlatimiz rahbarining 1998 yil 12 yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish tugrisidagi” Farmoni xamda “Muzeylar to‘g‘risidagi” O‘zbekiston Respublikasi qonuni bu boradagi dasturamal bulib xizmat qilmoqda.
      “Sog‘lom bola yili” davlat dasturini ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan mazkur qarorga muvofiq mamlakatimiz muzeylari qatorida Xiva “Ichan-Qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasida xam xaftaning seshanba va juma kunlari bolalar va ularning ota-onalariga bepul xizmat kursatilmoqda.