O‘zbekistan Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir.

O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 27 noyabrdagi  «O‘zbekistan Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi» qaroriga asosan Yoshlar ittifoqi, Xiva shaxar Nuroniy jamg‘armasi, Ichki Ishlar boshqarmasi va «Ichan-Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari xamkorligida.  «Ichan-Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi «Mustaqil O‘zbekiston Ozod va Obod Vatan» ekspozitsiyasida №1 son umum ta’lim maktabining o‘quvchilari tamonidan O‘zbekistan Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimovning buyuk xayot yo‘li va faoliyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bo‘lib o‘tgan tadbir  jarayonida O‘zbekiston Respublikasining birichi Prezidenti Islom Abduganievich Karimovning naqadar jasoratligi, mardligi, qat’iyatligi, uzoqni ko‘ra oluvchi inson, zukko, el-yurt tashvishlarini o‘z xayotining  ma’no- mazmuniga aylantirgan buyuk shaxs ekanligiga tadbir qatnashchilari va o‘quvchilar yana bir karra amin bo‘ldilar.

Tadbir yakunida «Mustaqil O‘zbekiston Ozod va Obod Vatan» ekspozitsiya ilmiy xodimi Karimova Dinora va «Xunarmandchilik tarixi» bo‘limi ilmiy xodimlari Djumaniyazov Farrux va Raximov Furqat so‘zga chiqib O‘zbekistan Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abduganievich Karimovning yoshlarga murojat etib «Aziz farzandlarim, marrani baland olinglar. O‘qib-o‘rganish, kasb egallash, izlanishdan bir muddat ham to‘xtamang», deb ko‘p bora takrorlab, shu muqaddas zaminni obod etish, uni himoya qilish barchamizning burchimiz degan so‘zlarini yana bir bor eslab o‘tdilar.

Tadbir qizg‘in, chuqur mazmun va ma’noga boy bo‘lib o‘tdi. Muzey ilmiy xodimlari Karimova Dinora, Djumaniyazov Farrux, Raximov Furqat tamonidan Tadbirda faol qatnashgan o‘quvchilarga tashakkurnomalar taqdim etdilar.