Polvon qori savdo uyi

Polvon qori savdo uyi XX asr boshida Muhammad Ya’qub bazzoz (gazlama sotuvchisi) tomonidan aholi yashash uyi shaklida cho‘bkori (nigirik) uslubida qurdirgan. Bino katta do‘kon bo‘lib, asosan gazlama matohlar sotilgan bo‘lsada, tarixiy manbalarning ma’lumot berishicha, bu erda Evropadan keltirilgan buyumlar ham sotilgan. Jumladan, Germaniyada chiqarilgan “Zinger” tikuv mashinalari, Xitoy va Rossiya chinni buyumlari ham ko‘p miqdorda shu do‘konda sotilgan.
Bugungi kunda imorat ta’mirdan chiqqan. Unda “Ichan-Qal’a” Davlat muzey-qo‘riqxonasining Axborot markazi va kitob do‘koni joylashgan.