Qadim Xivada - xalqaro nogironlar kuniga bag‘ishlagan uchrashuv.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 1-avgust F-5006-sonli «Nogironlarni davlat tamonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishiga asosan Xiva «Ichan-Qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari xam bu borada bir qancha tadbirlarni rejalashtirib va shu reja asosida uz faoliyatini olib borishmokda. Jumladan Xiva shaxar  №121 son ko‘zi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktab internatida - 2017 yil 1 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan kitobxonlik kechasida muzey ilmiy xodimlari – Raximov Furkat va Atajanov Sanjar xam qatnashib – «Xiva xonligi tarixi» mavzusida davra suxbati olib borishdi. Davra suxbatida 70 ga yaqin maktab internati o‘quvchilari qatnashdi. Davra suxbati qizg‘in baxs va munozaralarga boy buldi. Ushbu uchrashuv mobaynida muzey ilmiy xodimlari maktab internat o‘quvchilari tamonidan berilgan savollarga javob berib borishdilar. Bular asosan Xiva xonligi tarixiga oid savollar va shu bilan birgalikda ota-bobolarimiz bizga meros qilib qoldirgan buyuk bunyodkorlik ishlari, saroylar, qal’alar, masjidu-madrasalar, o‘z zamonasining fozilu fuzalolari, Xiva xonlari, shoirlar xaqida qiziqarli savol - javoblar bo‘ldi. Biz maktab internati o‘quvchilari bilan bo‘lib o‘tgan qiziqarli savol javobdan keyin shunga amin bo‘ldikki – imkoniyatlari cheklangan bulsada, qalb ko‘zlari bilan butun dunyoni ko‘ra bilishlari, ota-bobolarimiz bizga meros bo‘lib qoldirgan asori atiqalarni xis qila olishlari bizni xayratlanishimizga sabab bo‘ldi. Biz muzey ilmiy xodimlari shunday tinch zamonda ona diyorimiz O‘zbekistonda imkoniyatlari cheklangan bulsada - bilim darajasi kuchli, aqlli, dono va albatta baxtli o‘g‘il qizlar bilan bir zamonda yashayotganimizdan faxrlandik.