Qozog'istonlik qardoshlar Xorazmda

Kecha Xorazm viloyatiga qo’shni Qozog'istonni Mang'istov viloyati akimi Tugjanov Erali Lukpanovich va madaniyat boshqarmasi boshlig’i Pani Sarmurzin boshchiligida 146 ta fan, madaniyat, ishbilarminlar va OAV vakillaridan tashkil topgan guruh tashrif buyurdi. Ularni Urgench shaxrida Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig’I Sh.Yahshiboyev boshchilgida viloyat xokimligi vakillari kutib oldi.

 Mehmonlar Xorazm viloyati xokimligida viloyat xokimi Farhod Ermanov kutib oldi va kelgusida investisiyalar kiritish, iqtisodiy soha, madaniyat va san’at sohashni rivojlantirish va xamkorlik qilish borasida uzaro memorandumni imzolashdi.

Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar qadim va betakror Xiva shaxriga tashrif buyurishdi va ularga “Ichon-Qal’a” davlat muzey qoriqxona ilmiy xodmlari xamroxligida diqqatga sazovor joylar bo’ylab ekskursiya tashkil qilindi. Mehmonlarda ayniqsa Shergozixon madrasasi katta qiziqish uyg’otdi. Tarixiy manbalarga qaraganda ushbu madrasada XVIII asrning ikkinchi yarmida Qozoqlarning mashxur bo’tiri va piri – Beket Ota Mirzaquli o’g’li (1750-1813) Xivalik mudarris Boqirjon otadan taxsil olgan.

Bugun Mang’istav viloyati tarixiy – o’lkashunoslik muzeyi direktori Tamara Jumalieva va Xiva “Ichon-Qal’a” davlat muzey qo’riqxonasi direktori Shonazar Matyaquboy o’rtasida o’zaro hamkorlik haqida memorandum imzolanishi kutilmoqda.

Ushbu memorandum xar ikkala muzey o’rtasida kelgusida yo’lga qo’yiladigan o’zaro hamkorlikni yo’nalishlarini belgilab beradi.