Shayh Xolid Al-Xossamiyning Xorazmga tashrifi

Dubaydagi "Armanda Grupp" yirik investitsion korporatsiyasi raxbari SHayx Xolid Al-Xassami Xorazmga tashrif buyurdi. U xususan Xiva shaxrida bulib - Nurullaboy va "Ichon-Qal’a" muzey qo‘rikxonasini tomosha qildi. Unga "Ichon-Kal’a" muzey qo‘rikxonasi ilmiy xodimi Umida Usmonova xamroxlik qildi. Mazkur korporatsiya Xorazm, xususan Xiva shaxriga yirik investsiya kiritish orqali- xududda sayyoxlik soxasini rivojlantirish borasida Govuk ko‘l massivida dam olish xududini barpo kilishga qizikish bildirdi. Mexmonda Xiva shaxri tarixiy obidalari katta xayrat uygotdi. 2500 yillik shaxar tarixi, me’morchiligi va muzeylaridagi osori-atiqalar mexmonlarni xayratga soldi. Jumladan Al-Xassami muloqotda "Men yurtingizdan katta tassurotlar olyapman. Fikrimcha bunday go‘zallikni butun dunyoga ko‘rsatish kerak. Tashrif davomida bizda bu borada o‘z rejalarimiz paydo bo‘layapdi." dedi. Ushbu korparatsiyani yana bir vakili - Boulfefel JAMEL jumladan shunday dedi: "Men tashrif davomida O‘zbekiston, xususan Xorazm xaqida katta ma’lumotlarga ega bo‘layapman. Aminmanki investitsiyalarni tug‘ri jalb qilib, xududda ulkan ishlarni amalga oshirishga imkoniyatlar bor. Dubay xam bundan ancha yillar oldin qumlok xudud edi. U erlarda xam investitsiyalar orqali katta yutuqlarga erishildi. Viloyatingizni uziga xos tabiati va qadriyatlari bor. Bu esa sayyoxlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatdir.