Shohimardon minorasi

1512-1535 yillarda Xorazmda xonlik qilgan Elbarsxon sharafiga qurilgan maqbara majmuasida XVIII asrning o‘rtalarida tiklangan.

Qariyalarning aytishlaricha, 1740 yilda Eron shoxi Nodirshox tomonidan Xiva shahri bosib olingan vaqtida halok bo‘lgan eronliklar shu qabristonga dafn qilingan. Minora ham shu davrda tiklangan.

Bu minora Xivadagi eng kichik minoralardan biri bo‘lib, balanligi - 5 m, diametri 1,5 m.