To‘ra Murod to‘ra minorasi

To‘ra Murod to‘ra minorasi Ko‘hna Ark maydonining sharqida, aholi yashaydigan uylar qurshab olgan holda joylashgan. Minora 1888 yilda Xiva xoni Muhammad Rahimxon ikkinchining inisi bo‘lgan To‘ra Murod to‘ra tomonidan shu erda masjid bilan birgalikda qurilgan. Masjid sho‘rolar davrida buzib tashlangan, ammo, minora saqlangan. Minoraning balandligi 9 metr, asosining diametri uch yarim metr.
      Tarixiy, memoriy yodgorliklarning kurilishida ularning reja buyicha joylashuvida albatta usta-me’morlar geometrik proportsiya va simmetriyasining binolar zilzilabardoshligida tutgan o‘rnini yaxshi bilganlar. Shuning uchun ham aynan minoralarni tiklashda, ularni vertikal o‘qqa nisbatan simmetrik joylashtirishga erishganlar