Uch avliyo maqbarasi

Uch avliyo maqbarasi    XVI  asr Buxoro ustalarining  ishini  eslatadi.  Maqbara bir gumbazli bo‘lib, qadimiyligi uchun poydevori er yuzasidan ikki metrgacha pastda qolib ketgan. Ta’mirlanish natijasida atrofi tuproqdan tozalanib, devor bilan chegaralangan. Maqbaraning asosiy kirish eshigi janub tomondan bo‘lib, eshik nihoyatda chiroyli o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Naqshlar o‘simliksimon gullar va geometrik shakllardan iborat bo‘lib, eshikning ikki tavaqasida    bir hadis va ta’rix yozilgan: 
 Maqbaraning katta xonasida oltita qabr joylashgan. To‘rdagi uchta qadimiy qabr uch avliyoning qabri bo‘lishi kerak. O‘ngda esa yana ikkita va chapda bitta keyinroq qurilgan qabrlar bor. Agar eshikdagi yozuvlardan xulosa qiladigan bo‘lsak bu qabrlardan bittasi Mir Husayinga tegishli bo‘lishi kerak. Kirish eshigining ustida oq marmar toshga forsiy tilda nasta’liq yozuvida Shayx Latif masjidini nevarasi Nazar Xo‘ja ta’mir qilgani haqida yozilgan.                 
 Uch avliyo maqbarasining oldidagi ayvon – masjid  Rahimqulixon o‘g‘li Iso to‘ra tomonidan   qurilgan.