Xalqaro xamkorlik

     Xalqaro TURKSOY tashkiloti tomonidan 2021-yilda "Xiva shahri - turkiy tilli davlatlar madaniy poytaxti", Xorvatiyaning Rieka shahri esa Yevropa madaniyati poytaxti deb e'lon qilingan. Ikki qadimiy shahar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini bog‘lash, madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, turizm yo‘nalishida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida o‘zaro muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

    Joriy yilning aprel oyida Xalqaro TURKSOY tashkiloti bilan hamkorlikda Rieka shahrida "Xivadan taassurotlar" nomli fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu do‘stlik tadbirlarining uzviy davomi sifatida joriy yilning 3-dekabr kunlari Xiva shahrida "Rieka - Evropa madaniyati poytaxti" nomli fotoko‘rgazma o‘z ishini boshladi. Fotoko‘rgazma "Ichan-qal'a" davlat muzey-qo‘riqxonasi hududidagi "Tosh hovli" saroyida tashkil etildi. Tadbirning ochilish marosimida Xalqaro TURKSOY tashkiloti bosh kotibi Dusen Kaseinov, Xorvatiyaning Rieka shahri meri Marko Filipovich, O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi direktori Tursunali Qo‘ziyev, Xorazm viloyati hokimining o‘rinbosari Botir Saidov hamda Xiva shahri hokimi Temur Davletovlar ishtirok etishdi. Kelgusida ikki shahar o‘rtasida madaniy va turistik yo‘nalishlarda hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib olindi. Fotoko‘rgazma ishi 5-dekabrga qadar davom etadi.