Xiva navro‘zga tayyorlanmoqda.

Bahor...

Bahor bayramlar fasli desak adashmaymiz. Bahor kelishining o‘zi bir bayram. Ayozli qish kunlari tugab, kunlar isiy boshlaydi, dalalarda boychechaklar bahordan darak beradi.

Fasllar kelinchagi bo‘lmish bahorda yangi yil, yangi kun – Navro‘z bayrami keng nishonlanadi. Navro‘z azaldan O‘rta Osiyo xalqlarining qadimiy bahoriy udumlari, ko‘klamni e’zozlash bilan bog‘liq marosim va qadimiy e’tiqodlar asosida paydo bo‘lgan umumxalq bayramidir.

Navro‘z bayrami bilan bog‘liq ajoyib odatlar, an’analar, kuy – qo‘shiqlar, o‘yinlar, afsonalar paydo bo‘lgan.

Prezidentmiz Shavkat Mirziyoevning Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori bizni yanada quvontirdi.

Bahorning ilk kunlaridan Ichan Qal’ada Zaynab Abdullaeva xonadonidan daveshona oshi tayyorlanib xalqqa ulashildi. Katta qozonda qaynayotgan sumalak atrofi mehmonlarga to‘lib ketdi. Navro‘z shodiyonasi tadbiridan O‘zbekiston televideniyasining Dunyo bo‘ylab telekanali uchun maxsus dastur tayyorlandi, bunda televideniya xodimlariga Xiva Ichan Qal’a davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimlari, Yoshlar ittifoqi yoshlari hamda shahardagi 17 – son maktab o‘quvchilari yaqindan yordam berishdi.