«Xorazm tasviriy san’ati» doimiy ko‘rgazmasi

Ko‘rgazma Ichon Qal’a g‘arbiy tomonida 1804-1812 yillarda Kutlimurod Inoq tomonidan qurdirilgan madrasada tashkil qilingan. Hammasi bo‘lib ko‘rgazmada Xorazm rassomlari tomonidan voha axolisining xayoti, madaniyati, an’analari va tabiatini aks ettiruvchi 52 ta eksponat joy olgan.

Ko‘rgazmalar zalining umumiy maydoni 140 kv.m tashkil qiladi. Rassomlar To‘ra Quryazov, Kichko, O.Allaberganov, S.Xudaybergenovlarning ishlari namoyish qilinib kelmoqda.

Bundan tashqari ko‘rgazmada syurrealistik yo‘nalishda ijod qilgan mashhur Xivalik rassom Rafael Davletshinning kartinalar jamlamasi ham namoyish qilingan.