Xorazm xattotlari.

Xorazmda hattotlik san’ati, 8 – 9 asrlarda shakillana boshladi. Asta – sekinlik bilan xusnixatchilar xattotlikni san’at darajasiga kutarganlar.

Islom madaniyati xayotning xar bir jabxasiga kirib katta o‘zgarishlar ruy berdi. Ma’lumki o‘rta asrlar Islom ta’limoti odamlar, jonivorlarni tasvirlashni taqiqlagan edi. Shu munosabat bilan musavvirlar o‘z ijodida endilikda tabiat manzaralari, gullar, naqsh chizish bilan birgalikda xusnixatchilikni o‘z yaratgan asrlarida ko‘plab kullab boshladilar. Vakt utishi bilan xattotlik  o‘z yunalish va uslubiga ega bulib, O‘rta Osiyoda - Samarkand, Buxora, Kukon, Xorazm xattotlik maktablari yaratildi.

Xattotlar -  xalk, amaldorlar orasida o‘z yuqori mavkesiga ega bo‘lishgan. Xusnixatchilik – me’morchilik, naqqoshlik, kulolchilik, uymakorlikda xam qo‘llanila boshlandi. Xat yozishning nastalik, rayxoni, rivo, suls, kufiy yunalishlari yaratilib, xattotlar ko‘pincha o‘z ishlarida nastalik yozuvini qo‘llashgan. Xar bir  xattotning o‘z yozish uslubi bo‘lib, bu san’atning rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘shgan. O‘rta asrlarda Xiva xusnixatchiligi butun O‘rta Osiyoda shuxrat qozongan. 19 – 20 asr boshlarida xonlikning o‘tkir xattotlaridan, Xudaybergan Devon, Muxammad Rasul Mirzaboshi, Abdujalol Devonbegi, Bayoniy, Muxammad Sharif Tarroxlarni misol kilishimiz mumkin. Xattotlarning san’ati, ishiga bulgan munosabatlari xakida xikoyalar bor: Shulardan birisida aytilishicha - Xudaybergan Muxirkon xunarini puxta ishlash uchun birgina «Yoy» xarfi ustida 60 kun mashk kilgan.

Xattotlikda kog‘ozning eng yaxshi navi, «Sultoniy», «Samarkand Inog‘i» turlaridan foydalanishgan. Yozishda o‘simlik va minerallardan olingan siyoxlar ishlatilgan. Siyoxlar asosan -xina, zak, shafron o‘simliklaridan tayorlangan. Vakfnoma, yorliq, qo‘lyozmalar yuzasi islimiy, xoshiya islimiy naksh kompazitsiyalari bilan, kizil, ko‘k, kora rang berib bezalgan, suyultirilgan oltin, kumush suvlari xam bezashda ishlatilgan.

Xiva “Ichon-Kal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi Xorazm amaliy san’ati xusnixatchiligi zalida 19 asr, 20 asr boshlarida Xiva xattotlari yaratgan  vakfnomalar, yorlik va kul yozma kitoblar namoyshga ko‘yilgan.

A.Ibragimov. Amaliy san’at muzeyi bo‘lim boshligi.