Ogoxiy tavalludining 208 yilligi

Xiva shaxar madaniyat bo‘limi 2017 yil 17-dekabrь kuni “Eski Qiyot” qishlog‘idagi Ogahiy uy muzeyida buyuk o‘zbek shoiri, tarjimon, tarixchi,  davlat arbobi  Muxammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy tavalludining 208 yilligiga bag‘ishlab “Qolur boqiy jaxon ichra so‘z” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir qatnashchilari ertalab soat 10-00 da Eski Qiyot qishlog‘ida Ogahiy qabri joylashgan Shayx Mavlon bobo qabristonini ziyorat qildilar. 

Soat 11-00 da Ogahiy uy muzeyi  oldida  mexmonlar  karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi. Mexmonlar va tadbir ishtirokchilari  shoir nomidagi bog‘da joylashgan Ogahiy haykali poyiga gullar qo‘ydilar. Shoir uy muzeyidagi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so‘ng ma’naviy-ma’rifiy tadbirni Xiva shahar xokimi Erkin Yaqubov ochib berdi. Shoir ijodi va faoliyati xaqida viloyat yozuvchilar ijodiy uyushmasi raisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Gavxar Ibodullaeva,  Xiva shaxar “Nuroniy ” jamg‘armasi raisi Otanazar Pirnazarov, “Oltin meros” raisi Komiljon Nurjonov, Shoir Sotim Avaz,  O‘ktam Davletovlar   nutq so‘zladilar va o‘zlarini ijodlaridan namunalar o‘qib berdilar.

  Shoirlardan Otabek Ismoilov, Raximboy Karimov, Davlatyor Raximov va boshqalar shoir xayoti va ijodi xaqida gapirib o‘z she’rlaridan namunalar o‘qib berdilar.