O‘zbek Milliy akademik drama teatri jamoasi Xorazmda ijodiy safarda

O‘zbek milliy akademik dramma teatrining direktori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov va akademik teatr jamoasi 2018 yil 19 yanvardan 21 yanvargacha juda katta bir tadbir ijodiy uchrashuv, spektakl gastrollari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri va To‘rtko‘l tumanida “Taqdir sinovlar” va “O‘jarlar” spektakllarini namoyish qilindi.

O‘zbekistonda xalq artisti Erkin Komilov, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Gulchexra Ibrohimbekova, Sayyora Yunusova, Tohir Saidov, Asadulla Nabiev, Xilola Toshmuhammedova, Aziza Sharipova, Sobirjon Otajonov, O‘tkir Mingliev, Aziz Orziev, G‘ayrat Boymirzaev va boshqa bir qator san’atkorlar jami 27 kishilik jamoa bilan 21 yanvarda Xorazm viloyatiga tashrif buyurdik. Xorazm viloyatida 22 yanvar kuni soat 11da - 15 da  va bugun 23 yanvarda ham soat 11 da 17 da spektakllarni namoyish qilamiz. Bu spektakllarni Xorazm halqi, korxona va tashkilot xodimlari va  Viloyat va tuman xokimligi xodimlari oilala a’zolari bilan kelib tomosha qilishadi.

“Taqdir sinovlari” spektaklimiz - bu insoniyatni ezgulikga, xalollikga, poklikga, soddadillik va kamtarlikga undaydigan yaxshi spektakllardan biri.

“O‘jarlar” spektakli esa - bitta oila ichida arzimagan narsa sababli bir biri bilan janjallashib qolishib, keyin ularni birlashtiradigan kelajak avlod, yangi tug‘ilgan murg‘ak chaqaloq ularni birlashtiradi, uni yig‘isi ya’ni mehr oqibat yuqori turadi. Milliy akademik teatr spektakllarda shunday xayotiy voqealar va tarbiyaviy g‘oyalar ilgari suriladi.

23 yanvar kuni teatr akterlari jamoasi – Xiva shaxri “Ichan-Qal’a” tarixiy me’moriy majmuasida bulib, Xorazm diyorining o‘tmishi va bugungi kuni bilan yakindan tanishdilar.   

O‘zbek milliy akademik dramma teatrining direktori O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fatxulla Ma’sudov Xiva "Ichan-Qal’a" muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimi Farxod Ro‘zmetovgaga intervyu berish jarayoni.

Teatr jamoasi Mustakillik kurgazmasida.